Toshkentdan uchayotgan samolyot yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli aeroportga qaytdi

Foto: UzAirways

Toshkent xalqaro aeroportidan Moskvaga yo‘l olgan “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning HY-611 reysi qaytishga majbur bo‘ldi. Tashkent Sky News xabariga ko‘ra, bunday qarorga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘ining yomonlashishi sabab bo‘lgan.

Qo‘nish xavfsiz tarzda yakunlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchining hayoti xavf ostida emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli parvozlarga joriy qilingan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.