Toshkentning ayrim aholisi vaqtincha gazsiz qoladi
21-oktabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanining ayrim hududlarida aholiga gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi axborot xizmati.
Hududda joylashgan yuqori bosimli tabiiy gaz taqsimlash tarmog’ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ta’minotda uzilish kuzatiladi va bu soat 10:00 dan 17:00 gacha davom etadi.
Yuqori Darxon mahallasi aholisi gazsiz qoladi.
Kechqurun ta’minotni tiklash rejalashtirilgan.
Ulashish:
Sharhlar