Toshkentning bir qancha joylarida sovuq suv vaqtincha o‘chiriladi

вода
Фото: lifehacker.ru

11-iyul kuni Toshkentning ayrim joylarida sovuq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘chirish kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida markaziy ichimlik suvi tarmog‘idagi quvurlarni almashtirish hisobiga sodir bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, 11-iyul soat 09:00 dan 12-iyul 09:00 ga qadar Abdulla Avloniy, Mirobod, Yangi Mirobod mahallalarida sovuq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Suv ta’minoti to’xtatilgan hududlarda suv maxsus mashinalar orqali ta’minlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.