Toshkentning ikki tumani gazdan vaqtinchalik uziladi

Источник: pixabay.com

Toshkent shahrining Mirobod va Yunusobod tumanlarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi, deb xabar qildi “Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati.

Bugun, 29-avgust kuni mutaxassislar ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:

  • Mirobod tumani, soat 10:00 dan 18:00 gacha: Farg‘ona ko‘chasidagi “Tong yulduzi” mahallasidagi 642 xonadon, 2 ta ulgurji iste’molchi;
  • Chilonzor tumani, soat 10:00 dan 17:00 gacha: “Tiklanish” mahallasi, “Ulgurchi” ko‘chasidagi 540 xonadon, 13 ta ulgurji iste’molchi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.