Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi
22-oktabr kuni Toshkent shahrining Sirg‘ali va Yashnobod tumanlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot”.
Soat 11:00 dan 17:00 ga qadar Sergeli tumani, Qutbarak mahallasi hamda Belarika, Uzumzor, Navnixol ko‘chalarida joylashgan 963 ta xonadon hamda 28 ta ulgurji iste’molchi gazsiz qoladi.
Yashnobod tumanida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Fidoylar mahallasidagi 40 xonadon va bitta ulgurji iste’molchida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Ulashish:
Sharhlar