Toshkentning ikkita tumanida kechgacha issiq suv o‘chirildi
11-iyul kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarida suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasining matbuot xizmati xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, issiqlik tarmoqlarida avariya ishlari olib borilmoqda va tegishli jihozlar almashtirilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
- Mirzo Ulug‘bek tumani: Mirzo Ulug‘bek, Sayram, Mustaqillik, Muhammad Yusuf, Boyqo‘rg‘on, Botkin ko‘chalari;
- Yashnobod tumani: Riyoziy, “Toshselmash”, Parkent massivlari.
Soat 21:00 ga qadar issiq suv ta’minotini tiklash rejalashtirilgan.
Ulashish:
Sharhlar