Toshkentning Mirobod tumanida qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Фото: кадр из видео

Bugun, 16-oktyabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasida qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi soat 17:24 da yetib kelgan, ayni paytda yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ham yetib kelgan.

Hozirda qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.