Toshkentning Mirobod tumanida yuzaga kelgan yong‘in o‘chirildi
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya va prokuratura boshqarmalari rahbarlari etib kelgan.
Voqea joyiga birinchi yong‘in-qutqaruv guruhi esa soat 17:24 da yetib kelgan. Yong‘inni o‘chirishda jami 14 nafar ekipaj qatnashgan. Soat 18:19 da yong‘in mahalliylashtirilib, 19:16 da o‘chirilgan. Yong‘in sobiq Miran mehmonxonasi binosida sodir bo‘lgan.
Yong‘in boshlanganidan deyarli ikki soat o‘tgach, yong‘in o‘chirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sharhlar