Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtinchalik gaz ta’minoti o‘chiriladi

Источник: pixabay.com

Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida gaz qisman to‘xtatilishi kutilmoqda, deya xabar beradi “Hududgaz Poytaxt”.

15-avgust kuni mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

15-avgust soat 10:00 dan 16 avgust 18:00 gacha quyidagilar gazsiz qoladi:

– “Alisherobod”, “Geofizika”, “Chingeldi”, “Iqtidor”, “Taraqqiyot”, “Ijodkor”, “Zakovat”, “Jasorat” mahallalaridagi 5 ming 266 ta xususiy uy, 33 ta ko‘p qavatli uydagi 1 ming 188 xonadon.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.