Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumaniga yangi hokim tayinlandi
G‘oуibnazarov Bahodir Rixsialiуevich Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar beradi poytaxt hokimligining matbuot xizmati.
Bahodir G‘oуibnazarov 1970 -yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi bo‘yicha va 2005 -yilda O‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
2021-yildan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar hokimligida tashkiliy ishlar-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Ulashish:
Sharhlar