Toshkentning Sirg‘ali tumanida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (video 18+)

Фото: IIBB

3-iyul kuni soat 23:00 da Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanidagi Qo‘yliq-5 massivida sodir bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ommaviy mushtlashuvga aylangan janjal natijasida ishtirokchilardan biri mashinaga o‘tirib, ataylab boshqa odamlarni bosishga harakat qilgan.

Mushtlashuvda bir-birini tanigan olti kishi ishtirok etgan. Uch nafar jabrlanuvchi tibbiy yordamga murojaat qilgan, ularning ahvoli qoniqarli deb baholangan.

Mazkur holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 277-modda (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.