Toshkentning Yangihayot tumanida hafta davomida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatiladi

Фото: интернет-магазин 220

Hafta davomida Yangihayot tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi, deya xabar beradi Yangihayot hokimligi.

Sirg‘ali tumani hududida joylashgan “Yo‘ldosh” kichik stantsiyasida transformator almashtirilishi munosabati bilan “Chorbog‘”, “Al-Farg‘oniy”, “Yo‘ldosh”, “Viqor”, “Zarbdor” mahallalari, shuningdek, “Yo‘ldosh” massivining “Chortoq” va “Fayzli” mahallalarida ham hafta davomida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.

Hokimlik vakillari yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘radi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.