Toshkentning Yangihayot tumanida savdo-ko‘ngilochar xiyobon tashkil qilinadi
Toshkent shahrining Yangixayot tumanida davlat-xususiy sherikligi (DXSh) asosida jamoat savdo-ko‘ngilochar xiyobonini tashkil etish bo‘yicha ekologik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Toshkent shahar hokimligi “Tashkent Invest Kompaniyasi” AJ bilan birgalikda tadbirkorlarni ushbu loyihada ishtirok etishga taklif qiladi.
Yangi xiyobon turli xil dam olish, sport, ko‘ngilochar va savdo imkoniyatlarini taqdim etib, uni hudud aholisi uchun mashhur maskanga aylantiradi. Bu oilaviy bayramlar, gastronomik va ko‘ngilochar tadbirlar, shuningdek, umuman shahar hayoti uchun jozibali joyga aylanadi.
Loyihaning o‘ziga xos xususiyati yengil konstruktsiyalardan foydalanish bo‘lib, bu nafaqat o‘ziga xos muhit yaratadi, balki qurilish jarayonini tezlashtiradi, bu esa investorlar uchun foydalidir.
Dastlabki bosqichda loyiha bir nechta asosiy funktsional yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
– Gastronomiya zonasi: qahvaxonalar, restoranlar, tez ovqatlanish nuqtalari va boshqa muassasalar.
– Sport zonasi: fitnes markazi, basketbol va futbol maydonchalari, shuningdek, sport mollari do‘konlari.
– Savdo zonasi: kiyim-kechak do‘konlari, eko-bozor va boshqa chakana savdo nuqtalari.
– Bolalar ko‘ngilochar zonasi: trambolin markazi, o‘yin maydonchalari va bolalar avtodromi.
Loyiha maydoni 3,1 gektarni, xiyobonning uzunligi esa 1 kilometrni tashkil qiladi, uning hududida 4 ta funktsional zonaga bo‘lingan 250 ta konteyner joylashtiriladi.
Obуekt DXSh shartlarida uzoq muddatli ijaraga investorlarga berilishi mumkin va loyihaning dastlabki kontseptsiyasi tadbirkorlar tomonidan ko‘rib chiqish uchun allaqachon mavjud.
Sharhlar