“Toshturma” mahbuslari sharoitlardan shikoyat qilishdi
IIV Jazoni ijro etish departamentining “Toshturma” deb nomlanuvchi markaziy hibsxonasida suv ta’minotida jiddiy uzilishlar kuzatilmoqda, deydi advokat Abdumalik Abdullaev.
Unga ko‘ra, muassasada kuniga to‘rt-olti soat suv berilmoqda.
Advokat mahkumlarning sog‘lig‘i haqida yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmagani, tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani haqida gapiradi. Bundan tashqari, fuqarolar kameralarda belgilangan me’yordan ortiq saqlanadi.
Abdullaev Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilini (Ombudsman) vaziyatni o‘rganishga chaqirdi.
Ulashish:
Sharhlar