Tramp kichik Kennedini o’z ma’muriyatida sog’liqni saqlash kotibi etib tayinladi

Фото: Getty Images

Donald Tramp kichik Robert Kennedi sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlanganini e’lon qildi. Kennedi avval sayylovda mustaqil nomzod sifatida qatnashgan, biroq keyinchalik Trampni qo‘llab-quvvatlagan.

“Men kichik Robert Kennedini Sog’liqni saqlash va aholiga xizmat ko’rsatish departamenti rahbarligiga nomzod qilib ko’rsatganimdan faxrlanaman”, – dedi Tramp. “Amerikaliklarning salomatligi va xavfsizligini saqlash bizning ma’muriyatimizning ustuvor vazifasidir”.

60 yil oldin o’ldirilgan prezident Jon Kennedining jiyani kichik Kennedi huquqshunos, atrof-muhit faoli va majburiy emlashlar tanqidchisi sifatida tanilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.