O‘zbekistonga 5 oyda 2,8 mln nafar turist kelgan
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-may oylarida 2,8 milliondan ortiq chet el fuqarolari turistik maqsadda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 248,2 ming nafarga yoki 9,6 % ga oshgan.
2024-yilning 5 oyida O’zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
- Tojikiston – 871,5 ming nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 857 ming nafar;
- Qozog‘iston – 498,2 ming nafar;
- Rossiya – 289,6 ming nafar;
- Turkmaniston – 53,8 ming nafar;
- Turkiya – 42,1 ming nafar;
- Hindiston – 23,2 ming nafar;
- Xitoy – 22,8 ming nafar;
- Italiya – 15,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 15,1 ming nafar;
- Boshqa davlatlar – 148,7 ming nafar.
Ulashish:
Sharhlar