Turizm sohasida yangi standart qabul qilindi

Turizm qo‘mitasi qoshidagi “Turizm sohasida standartlashtirish” texnik qo‘mitasi tomonidan “Turizm xizmatlari. Modulli mehmonxonalar. Tasniflash tizimi” milliy standarti ishlab chiqildi. Ushbu standart birinchi bor amalga kiritilmoqda.

🔵Milliy standart modulli mehmonxonalarni tasniflash tizimini belgilaydi.

🔵Toifalar uchta «I», «II», va «III» toifa bo‘yicha tasniflanadi. Eng yuqori toifa «I» (birinchi), eng past «III» (uchinchi) toifa hisoblanadi.

Mazkur milliy standart 2024 yilning 19 avgustdan joriy etiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.