Turkiston oq laylagining hayoti saqlab qolindi
Ma’lum bo‘lishicha, Oqdaryo daryosi bo’yida mahalliy aholi bir qanoti sinishi oqibatida ucha olmay qiynalayotgan Turkiston oq laylagini topib olishgan. Qushga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida veterinarga olib borilgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Keyin esa bu haqda Ekologiya vazirligiga ishonch telefoni orqali xabar berishgan.
Murojaatdan so‘ng Oqdaryo tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari Turkiston oq laylagini Zarafshon milliy tabiat bog‘ining reabilitatsiya markaziga vaqtincha saqlash uchun topshirishgaan. Ahvoli yaxshilangach, qush tabiatga qo‘yib yuboriladi.
Ekologiya vazirligi qushga mehr ko‘rsatgan va o‘z vaqtida xabar qilgan fuqarolarga minnatdorlik bildiradi.
Ma’lumot uchun, Turkiston oq laylagi zaifga yaqin, qisman o‘troq uchib o‘tuvchi tur sifatida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Umumiy soni 2500 dan ortiq deb taxmin qilinadi.
Sharhlar