Turkiy dunyo bilan integratsiya zarurmi?

Sentabr oxirida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida yagona «Turkiy dunyo» xaritasini yaratish jarayoni boshlandi. Bu loyihaga Turkiya bilan bir qatorda Markaziy Osiyo davlatlari va hatto Rossiyaning 20 ta viloyati ham kiritilgan! Bu, albatta, katta ambitsiya.

Ammo bu tashabbus O‘zbekiston uchun qanchalik zarur? O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlari Turkiyaga qaraganda yaxshiroq — Anqaraning tashqi qarzi 500 milliard dollarni tashkil etadi va so‘nggi yillarda inflyatsiya darajasi 45%dan 70%gacha o‘zgarib turibdi. Bundan tashqari, «Turkiy dunyo» loyihasi Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ziga xosligi va xilma-xilligini hisobga olmagani haqida ham gap-so‘zlar bor. Ba’zi davlatlar aholisi esa yangi alifboni o‘rganish zaruratiga duch kelishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.