Turkiya aeroportidagi hojatxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Turkiyaning Antaliya shahri aeroportidagi hojatxonadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Holat bo‘yicha tezkor xodimlar Moskvaga uchishni rejalashtirgan 2 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqni uning 18 yoshli onasi B.Yekaterina hojatxonaga tashlagan.

Nogironlar uchun mo‘ljallangan hojatxonadan topilgan bolaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda bolaning salomatligi yaxshi. Uning onasi esa bu harakati uchun hibsga olingan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.