Saida Mirziyoyeva Turkiya elchisi bilan uchrashdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva 19-sentabr kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Muloqot davomida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, ta’lim, madaniyat va kinematografiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ulashish:
Sharhlar