Turkiya firibgarlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayolni deportatsiya qildi
Istanbulda firibgarlikda ayblangan О‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deya xabar beradi О‘zbekistonning Turkiyadagi Bosh konsulligi.
Turkiya va О‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari (IIV) hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida 1981-yilda tug‘ilgan ayol qo‘lga olindi. U 2021-yildan beri qidiruvda bo‘lgan. Hibsga olinganidan keyin fuqaro o‘z vataniga deportatsiya qilingan.
Shahnoza Rahmetovaning xatti-harakatlaridan jabrlanganlardan О‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi yoki О‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Avvalroq firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan Barno Inoyatova Turkiyadan О‘zbekistonga deportatsiya qilingan edi.
Ulashish:
Sharhlar