Turkiya kompaniyasi O‘zbekistonda 350 km elektr uzatish liniyalarini quradi
“O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ Turkiyaning “ŞA-RA Enerji İnşaat Ticaret ve Sanayi A.Ş” kompaniyasi bosh direktori Rahmi Mertay Turk boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda investitsiya loyihalarining joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Toshkent viloyatida 213 kilometr 220 kV, janubi-g‘arbiy qismida 137 kilometr 500 kV liniyalar quriladi.
Shuningdek, magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini integratsiyalash rejalari hamda turk kompaniyasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Ulashish:
Sharhlar