Turkiya poytaxtida Alisher Navoiy haykali ochildi
Anqarada buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykali ochildi. Ochilish marosimi O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlandi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jaev yodgorlikni o‘rnatishga hissa qo‘shgan barchaga, jumladan, Kechioreni tumani hokimligi va Boshkent universiteti qoshidagi Alisher Navoiy nomli ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Abdurahmon Gozalga minnatdorchilik bildirdi.
“Bugungi kunga qadar Moskva, Dushanbe, Astana, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul, Boku kabi shaharlarda Alisher Navoiyga haykallar o‘rnatilgan. Shu boisushbu bizning buyuk ajdodimizga Anqarada mahobatli haykalning ochilishi faqat biz uchun, balki Turkiyadagi barcha birodarlarimiz uchun, shuningdek, butun turkiy dunyo uchun katta iftixor”, – deya ta’kidladi elchi.
Anqara shahrida Alisher Navoiy haykalining ochilishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yaqin madaniy aloqalar timsoli bo‘lishi bilan birga, ulug‘ shoir merosiga chuqur hurmat ko‘rsatilayotganining dalilidir.
Sharhlar