Turkiyada 10 oy ichida 30 dan ortiq qidirilayotgan fuqaro qo‘lga olindi
2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida suddan qochgan 37 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi, deya xabar beradi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi.
Bu harakatlar ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishi tufayli amalga oshirildi. Yillar davomida Turkiyada yashirinib yurgan qidiruvda bo‘lgan fuqarolar qo‘lga olinib, javobgarlikka tortildi.
Bosh konsulxona qidiruvda bo‘lgan shaxslarni qo‘lga olish bo‘yicha ishlar kuchaytirilishi, jinoyatga qarshi kurash sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda davom etishini ma’lum qildi.
Ulashish:
Sharhlar