Turkiyada oltin kontrabandasi bilan shug‘ullangan olti nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Фото: IHA

Izmir (Turkiya) aeroportida jinsiy a’zolariga 9 kilogrammdan ortiq tillani yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan olti nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Turkiyaning IHA  axborot agentligi xabar beradi.

Voqea 2 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Ayollar Turkiyaga BAAdan kelgan. Turkiya huquq-tartibot idoralari tayyorlanayotgan kontrabanda haqida ma’lumot olib, ularni aeroportdan chiqishda ushlagan.

Ularni kutib olishga kelgan erkak ham qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish chog‘ida har birining og‘irligi 110 gramm bo‘lgan 82 dona tilla quyma, 18 dona o‘yin pristavkasi va kontrolleri (PlayStation), shuningdek, 3 dona smartfon olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, ayollarning jinsiy a’zolariga har biri 110 gramm og‘irlikdagi yana 84 ta quyma oltin tikilgani ma’lum bo‘ldi. Quymalarni olish uchun jarrohlik amaliyoti zarur bo‘ldi. Yo‘lovchilarning jinsiy a’zolaridan umumiy og‘irligi 9 kg 240 gramm bo‘lgan barcha quymalar olingan.

Og‘irligi 18,5 kg bo‘lgan 166 ta oltin quymalarining umumiy bozor qiymati 1,5 million dollarni tashkil etgan. Ayol kurerlar va ularni kutib olgan erkak Izmir sudi tomonidan hibsga olindi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.