Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Poytaxtning “Esonbug‘a” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
6-iyun kuni ikki mamlakat yetakchilari raisligida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Muzokaralar doirasida O’zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.
Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Sharhlar