Turkman qulonlari yashirin kameraga tushdi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi hududa o‘rnatilgan fotoqopqonga turkman qulonlari muhrlandi.
Ma’lumot uchun, Ustyurtning Qoraqalpog‘istondagi qismi va Sariqamish botig‘ida 50–100 ta, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida 100 dan ortiq, “Sudoche-Akpetki” qo‘riqxonasida esa 49 ta turkman quloni uchraydi.
Qulonlar butunlay yo’q boʻlib ketish arafasida turgan, lokal tarqalagan kenja tur hisoblanadi. Ovlash taqiqlangan. O‘zbekiston Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxati, CITECning II ilovasiga kiritilgan.
Ulashish:
Sharhlar