Toshkent-Markaziy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi
Toshkent-Markaziy vokzalida chiptalar haqiqiyligini tekshiruvchi turniketlar ishga tushdi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.
Ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, chipta haqiqiy bo‘lsa, yo‘lovchining perronga chiqishiga ruxsat beradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega bo‘lgan yo‘lovchilarga esa poyezdga chiqishga taqiq o‘rnatadi.
Yil oxirigacha chiptaxonalardan rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron ko‘rinishga o‘tishi rejalashtirilgan.
Ulashish:
Sharhlar