Xusniddin Norbekov uch karra Paralimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylandi

Фото: PressPhotoUz

Xusniddin Norbekov yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlarining uch karra g‘olibiga aylandi, deb xabar bermoqda Sport vazirligi.

6-sentabr kuni para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F35 klassida yadro uloqtirish musobaqasi yakunlandi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan Xusniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, uchinchi bor Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.

Xusniddin Norbekov bundan avval Rio-2016 va Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.