Uchqun Quranboyev Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medalini qoʻlga kiritdi

Фото: НОК

Para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Uchqun Quranboyev Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi medaliga sazovor boʻldi. J2 klassining -73 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda kurashgan yurtdoshimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda janubiy koreyalik Dongxun Kimni magʻlubiyatga uchratib, bronza medali sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Quranboyev Tokio tatamilarida kechgan Paralimpiya bahslarida oltin medalga ega chiqqan edi.

Shuning bilan, Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 9 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronzani tashkil qilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.