Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Joriy yilning 9-iyul kuni soat 19:40 larda Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida, 43 yoshli (ayol) D.U. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina, 40 yoshli (erkak) A.A. boshqaruvida bo‘lgan yana bir Spark rusumli avtomashina hamda 22 yoshli (erkak) I.M. boshqaruvida bo‘lgan Honda rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar bermoqda.
43 yoshli (ayol) D.U. boshqaruvida bo‘lgan Spark yo‘lovchisi 33 yoshli (ayol) S.X. shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Shuningdek ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark haydovchisi 43 yoshli (ayol) D.U. va Honda rusumli avtomashina yo‘lovchisi 22 yoshli (ayol) M.R.lar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Sharhlar