Toshkentda uchta mashina to‘qnashib, YTH sodir bo‘ldi

Foto: IIBB

Toshkentning Chilonzor tumanida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi.

18-sentabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani KXAY-Qatortol ko‘chalari chorrahasida haydovchi 1993-yilda tug‘ilgan K.D. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasi, haydovchi 2003-yilda tug‘ilgan Y.A. boshqaruvidagi Malibu-1 rusumli avtomashinasi va haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.