Uchtepada aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotmoqchi bo’lgan shaxslar ushlandi
Uchtepa tumanida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Yu.I. va F.X. xaridorlarga aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan umumiy bahosi 179 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan jami 5 044 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar