Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo’yildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirida dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro M.M. fuqaro N.J.ga inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi 47 dona “Regapen” nomli dori vositasini 3,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqaro M.M.ning boshqaruvdagi “Matiz” rusumli avtomashinasi salonida “Regapen”, “Zardeks”, va “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, ko‘rinishidan shubhali bo‘lgan 1 dona yozuvsiz idishda suyuqlik, gugurt qutida qora rangdagi 2 dona dumaloq shakldagi giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.
Sharhlar