Uchtepada kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotgan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar Sh.T. va D.T. fuqaro A.A.ga jami 10 quti “TAWON LIAR” nomli dori vositasini 2,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning “Spark” rusumli avtotransport vositasi yuk xonasidan 13 turdagi jami 1 482 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ulashish:
Sharhlar