Toshkentning Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Фото: Открытые источники

Mamadjanov Bunyod Baxtiyorovich Uchtepa tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Bunyod Mamadjanov 1985-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Toshkent moliya institutini magistrlik darajasi bilan tamomlagan.

2020-yildan shu kunga qadar “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.