Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Toshkentga keldi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi Moses Kavaaluuko Kizige Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

“Biz Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaymiz va 2027-2029-yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz”, — deb yozdi vazir.

Shuningdek, Baxtiyor Saidov Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratishini qayd etdi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi, deyiladi xabarda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.