Ukraina 12 ta CAESAR artilleriya tizimini sotib olishga rozi bo’ldi
Bu haqda X-da Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornu ma’lum qildi. Uning yozishicha, Kiyevdagi sanoat forumi chog‘ida Ukraina va qurol ishlab chiqaruvchi KNDS kompaniyasi o‘rtasida tegishli kelishuv imzolangan, -deb xabar bermoqda BBC o’z xabarida.
“Mudofaa sanoatimiz ishlab chiqarish quvvatini oshirish Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi”, deb yozadi vazir.
12 ta SEZAR o‘ziyurar artilleriya tizimini yetkazib berish Ukraina tomonidan moliyalashtiriladi. Avvalroq Belgiya 12 million yevro miqdoridagi uchta SEZAR uskunasini sotib olish va keyinchalik Ukrainaga topshirish bo‘yicha taklifni ko‘rib chiqishi xabar qilingandi.
Ulashish:
Sharhlar