Ukraina NATOga taklif qilinishini kutmoqda
Prezident Zelenskiy dushanba kuni G‘arb hamkorlaridan Ukrainaga xalqaro tan olingan chegaralar doirasida NATOga a’zo bo‘lish taklifini yuborishlarini kutayotganini aytdi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Zelenskiy “qanday yo‘lni bosib o‘tmasligimizdan qat’iy nazar” qonuniy jihatdan “hech kim bosib olingan hududlarni boshqa davlatlar hududi deb tan olmasligini” ta’kidladi.
“Ikkinchidan, nega men taklifni ta’kidlayman? Chunki u xalqaro tan olingan chegaralar doirasida mamlakatga beriladi. Bu esa men uchun asosiy narsa: urush paytida taklifnoma olish… Bu shunchaki taklif emas, balki urush hali tugamagan paytdagi taklif”, — dedi Ukraina prezidenti.
Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qanday sharoitda qo‘shilishi va jarayon qancha davom etishi haqida Zelenskiy “turli formatlar bo‘lishi mumkinligini” aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina bosib olingan hududlar evaziga NATOga a’zo bo’lish masalasini muhokama qilmayapti.
Sharhlar