Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyotini urib tushirdi

Фото: РБК

Konstantinovskiy shahar harbiy-fuqarolik maʼmuriyati rahbari Sergey Gorbunovning maʼlum qilishicha, 5 oktyabr kuni Ukraina harbiylari Rossiyaning Su-25 hujumchi samolyotini urib tushirgan.

“Qisman Konstantinovka shahri yaqiniga tushgan. Ba’zi vayronalar ham xususiy sektorga tushib, bir nechta uylarga zarar yetkazgan. Yaxshiyamki, hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q”, — dedi u.

Guvohlarning xabar berishicha, samolyot boshqa Rossiya samolyoti tomonidan urib tushirilgan. Rossiya rasmiylari bu maʼlumotga hozircha izoh bermagan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.