Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kiуevda elchixonalarning yopilishiga izoh berdi
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Kiуevdagi xorijiy elchixonalarning yopilishi haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi. Bu haqda Unian agentligi xabar beradi.
“Tashqi ishlar vazirligi xavfsizlikka potentsial tahdidlar bo‘yicha hamkorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, to‘liq miqyosdagi bosqinning 1001-kunida Rossiya tomonidan o‘qqa tutilish xavfi avvalgi ming kundagi kabi dolzarbdir. Hamkorlar uchun ham hech qanday qo‘shimcha axborotlarsiz 1001-kunda ham avvalgi ming kundagi kabi bunga xuddi shunday munosabatda bo‘lish to‘g‘ri bo‘ladi, deb hisoblaymiz, “, – deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSh, Italiya, Qozog‘iston va Ispaniya elchixonalari yopilishi haqida xabar berilgandi. Diplomatik missiyalar o‘z fuqarolarini mamlakatni tark etishga chaqirmoqda.
Sharhlar