Ukraina tashqi ishlar vazirligi The Times nashrining Kiуevda atom bombasini yaratish rejalari borligi haqidagi xabarini rad etdi

фото: .rbc.ru

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi The Times gazetasining Kiуevning atom elektr stansiyasi reaktorlarida ishlatilgan yoqilg‘idan olingan plutoniy yordamida atom bombasi yaratish rejalari haqidagi xabarini rad etdi.

“Biz yadro quroliga ega emasmiz, uni ishlab chiqmayapmiz va yaratish niyatida emasmiz, Ukraina MAGATE bilan yaqin hamkorlik qiladi va u tomonidan qilinadigan monitoring uchun mutlaqo shaffofdir, bu yadroviy materiallardan harbiy maqsadlarda foydalanishni istisno qiladi”, – deb yozadi Ukraina Tashqi ishlar vazirligining spikeri Georgiy Tiхiy.

Avvalroq The Times  nashri Ukraina go‘yoki 1945-yilda Yaponiyaning Nagasaki shahriga AQSh tashlagan Fat Man bombasiga o‘xshash texnologiya yordamida plutoniydan asosiy qurilmani tezda yaratishi mumkinligi haqida yozgandi. Mualliflarning fikricha, agar Donald Tramp Rossiya bilan urushda Ukrainaga yordam berishni to‘xtatsa, bu sodir bo‘lishi mumkin.

Hujjatda qayd etilishicha, Rossiyaning Budapesht memorandumini buzishi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish uchun rasmiy asoslar va 1994-yil boshida qilingan yadro qurolidan voz kechish (Ukraina tomonidan – tahririyat) tanlovini qayta ko‘rib chiqish uchun ma’naviy sabablarni beradi”.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.