Ulug’bek Rashitov ikkinchi bor Olimpiada finalida ishtirok etadi

Фото: НОК

Taekvondo WT bo’yicha Tokio-2020 yozgi Olimpiya o’yinlari chempioni Ulug’bek Rashitov ikkinchi oltin medal sari yana bir dadil qadam tashladi.

Rashitov ispaniyalik Xavyer Peresga qarshi kechgan yarim final jangida 2:0 hisobida g’alaba qozondi.

Endi u chempionlik uchun Bredli Sinden (Buyuk Britaniya) / Zaid Karim (Iordaniya) bahsi g’olibiga qarshi dayanga ko’tariladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.