Ulug‘bek Rashitov Parij Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi

Фото: НОК

68 kg vazn toifasida terma jamoamiz a’zosi, vaznning amaldagi Olimpiada g‘olibi Ulug‘bek Rashitov Parij Olimpiadasi doirasida nimchorak final jangini o‘tkazdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar beryapti.

Hamyurtimizga Gongkong vakili Lo Vay Fung raqiblik qildi. Bellashuv 2:0 (12:0, 9:2) hisobida Rashitovning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ulug‘bek endilikda chorak final bosqichida xitoylik Liang Yushuay bilan to‘qnash keladi. Bellashuv 17:40 dan so‘ng boshlanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.