“Umra — 2024” yangi mavsumi boshlandi
10-sentabr kuni “Umra – 2024” mavsumining navbatdagi bosqich ilk guruh ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur reysda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar umrachilar Jidda shahriga yoʻl oldi.
Maʼlumot oʻrnida, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun boʻladi.
Ziyoratchilar Madinada “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Al-Ayyam Elite” va “Marmara Hotel” singari zamonaviy mehmonxonalarda istiqomat qilishadi.
Ularga 3 mahal issiq ovqat, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Ulashish:
Sharhlar