“Umra” litsenziyasini olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar ro’yxati e’lon qilindi

Foto: zamon.uz
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi 12.10.2024-yildagi 668-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Litsenziyani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • Ariza: Unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
  • yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
  • tadbirkorlik subyekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari;
  • litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Ziyorat” jamgʻarmasiga 1 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
  • “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
  • “Umra” xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligining “Umra” litsenziyasiga ega boʻlgan hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi;
  • ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish boʻyicha aviakompaniya(lar) tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi;
  • tadbirkorlik subyektining ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
  • tadbirkorlik subyektining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.

Shuningdek, arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori – BHMning 3 baravari, litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori esa BHMning 10 baravari etib belgilandi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.