Umra mavsumining boshlanish sanasi aniq bo’ldi

2024-yil 10-sentyabr kunidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan “Umra – 2024”ning navbatdagi mavsumi boshlanadi. Yo’lovchilar “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi. Bu haqida O’zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qildi.

Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi.

Shuningdek, ular Madina shahrida “Grand Shahba”, Makka shahrida esa “Marmara Group Hotel” mehmonxonalarida istiqomat qilishi reja qilingan. Mehmonxonalar 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.

Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998-99-882-18-58;
+998-77-085-18-58.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.