Umurzaqov Toshkent shahri hokimi etib qayta tayinlandi
Bugun, 6-noyabr kuni yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi va unda Shavkat Umurzoqov Toshkent shahri hokimi lavozimiga qayta tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Umurzoqov nomzodini Toshkent shahar hokimi lavozimiga taklif qilgani xabar qilingandi.
Sessiyada deputat Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.
Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Shuningdek, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Shavkat Buranovich Umurzakov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Sharhlar