UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Regina Mariya Kastijio Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ushbu lavozimga tayinlanishidan avval Kastijio xonim ayni vazifani Xorvatiyada va Paragvayda ham bajargan. 2016-yilgacha Boliviya, Ekvador va Peruda UNAIDS direktori, Shveysariyada ushbu tuzilmaning xususiy sektor bilan hamkorlk bo‘limi rahbari va BMT Bosh kotibi Kofi Annan Ijroiya ma’muriyatida Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodim bo‘lib ishlagan.
AQSh G’arbiy Vashington universitetida iqtisod va xalqaro munosabatlar bo‘yicha tahsil olgan tajribali mutaxassis Indiana shtatidagi Notr-Dam universitetida davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar bo‘yicha magistrlik darajasini olgan.
Regina Mariya Kastijio ispan, ingliz va fransuz tillarida ravon so‘zlashadi. Oilali, ikki farzandi bor.
Sharhlar